UFF chayqovchilar orqali chiptalarni qimmatga sotayotgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 may 2018, 19:05
Ukraina futbol federatsiyasi "Real" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin chiptalarini chayqovchilar yordamida bir necha baravar qimmat narxga pullamoqda.

O'sha chiptalarda FFU belgisi bor. UEFA tarqatgan chiptalarda esa "General Public" deb yozilgan. Manbaning xabariga ko'ra, chiptalarning bu tariqa sotilishida federatsiyaning bir qator amaldorlarining "tashabbusi" borligi aniq.

"Real" - "Liverpul" uchrashuvi bugun soat 23:45da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.com