"Ufa" futbolchilari koronavirus testini qayta topshirishdi

Mirjalol Normatov
24 may 2020, 13:18
"Ufa" futbolchilari, murabbiy va personallari yakshanba tongida koronavirus testidan qayta o'tishdi, shuningdek, qon ham topshirishdi.

Klub rasmiy tvitteri xabariga ko'ra, endi har haftada COVID-19 testi topshiriladi. Hozircha natijalar ma'lum emas. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa tarkibida hamyurtimiz Oston O'runov ham bor.

"Ufa" Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Chempionat 21 iyun kunidan davom ettirilishi mumkin.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 5,4 million inson ushbu virusdan zararlangan. Shularning 2,24 millioni kasallikdan forig' bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru