Ueyn Runi: "Bellingem "Oltin to'p"ga ega chiqa oladi"

Omonjon To`xtamirzayev
8 dek 2023
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Oltin to'p"ga ega chiqishi haqida gapirdi.

"Agar u hozirgidek o'yin ko'rsatishda davom etsa, nima uchun bunday bo'lmasligi kerak? Biz Messi va Ronalduning davrini boshdan o'tkazdik. Ishonchim komilki, yaqin kelajakda "Oltin to'p" uchun kurashda kamida 5-6 nafar futbolchi ishtirok etadi.

Yosh angliyalik futbolchi xorijga kyetish imkoniyatidan unumli foydalanganini ko'rish yoqimli. U Germaniyada ham juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, hozir esa dunyoning eng katta klublaridan birida yorqin futbol namoyish qilmoqda. U uchun juda xursandman".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal