"Uembli"dagi chimni almashtirishmaydi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
31 okt 2018
"Tottenxem"ning "Uembli" stadionidagi chim muammosi davom etadigan ko'rinadi.

APLning so'nggi turida "shporlar" "Manchester Siti"ga qarshi bahs o'tkazishdi.

O'yin vaqtida Londondagi stadion chimi juda harob holatda edi. Maydon markazida amerikancha futbol logotipi Milliy futbol ligasi (NFL) surati ko'rinib turardi. 28 oktyabr kuni bu arenada "Filadelfiya Iglz" va "Jeksonvill Yaguars" o'yini bo'lib o'tgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" maydon sifati yaxshilanishiga umid qilmasliklari kerak, chunki hozircha "Uembli" arenasidagi chim yangilanmaydi.


"Tottenxem"ning keyingi uy uchrashuvi 6 noyabr kuni PSVga qarshi bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italy