Angliya terma jamoasi koncert tufayli JCH saralash o'yinini "Uembli"da o'tkaza olmaydi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2024, 17:10
Angliya terma jamoasi Coldplay koncerti tufayli "Uembli"da o'yin o'tkaza olmaydi.

2025 yilning sentyabrida ingliz jamoasi Andorraga qarshi JCH-2026 saralash o'yinini o'tkazishi kerak.

Coldplay guruhining koncerti tufayli bahsni o'tkazish uchun boshqa stadion topish kerak.

Ushbu guruh avgust oyida koncert berishi kerak edi, ammo talab juda kattaligi uchun "Uembli"da bo'ladigan koncertga sentyabrning yana to'rt kuni qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail