Ueyn Runi: "O'tkazib yuborilgan gol bizni uyg'otdi"

Narzulla Saydullayev
16 noya 2014, 13:29
Angliya termasi sardori Ueyn Runi Evro-2016 saralashi doirasida sloveniyaliklarga qarshi uchrashuv (3:1) borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin biz uchun qoniqarli hisobda yakun topdi. O'z xarakterimizni namoyish etishimiz zarur edi va buni uddaladik. Bundan juda xursandman.

Qo'yib yuborilgan gol bizni uyg'otib yubordi va biz o'zimizning kuchli o'yinimizni namoyish etdik. Penalti? Raqib o'yin qoidasini buzdi, bu shubhasiz 11 metrlik jarima zarbasi.

Uelbek hech kimga hech nimani isbotlashi shart emas. U o'yindan-o'yinga va goldan-golga ochilib bormoqda. Denni olqishlarga loyiq", – dedi Runi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru