UEFA Simonega ish ochdi

28 apr 2018, 00:33
UEFA “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simonega nisbatan intizomiy ish ochdi.

Argentinalik mutaxassis Yevropa ligasi yarim finali ilk uchrashuvi – “Arsenal”- “Atletiko” (1:1) bahsida hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatilgandi.

Uchrashuvni Kleman Tyurpen boshqarib borgandi.

47 yoshli murabbiyga ikkita holat bo'yicha ayb qo'yilmoqda: rasmiy shaxsni haqorat qilish va maydondan chetlatilganidan so'ng kommunikaciya vositalari orqali zaxirada o'tirganlar bilan muloqot qilish.

Simone 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Agar shunday qaror qabul qilinadigan bo'lsa, jamoasi finalga chiqadigan bo'lsa, Simone ushbu muhim bahsni minbardan turib kuzata oladi, xolos.

UEFA bu ishni 4 may kuni ko'rib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти