UEFA Pro licenziyasiga ega mutaxassis "Odil Ahmedov" futbol akademiyasida

Iskandarov Abdulaziz
2 fev 2022, 16:50
Mamlakatimizga xorijlik mutaxassislar kelishi davom etadi

UEFA Pro licenziyasiga ega mutaxassis Yuriy Svirkov endilikda "Odil Ahmedov" futbol akademiyasida faoliyat olib boradi. Uning vazifasi mahsus dastur asosida bolalar murabbiylarini o'qitish va yangi darajaga olib chiqishdan iboratdir. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, mazkur murabbiy bir necha oy oldin poytaxtimizda murabbiylar uchun seminar o'tkazgan holda, o'z maslahatlarini bergan edi. 

Odil Ahmedov bolalar futbolining yangi xaloskori(mi)?

Eslatib o'tamiz, kecha Belarusning "Energetik-BGU" jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy ham kelayotganini ma'lum qilgan edik. Svirkov dushanba kunidan mehnat faoliyatini boshladi.

Eshitdik-da! "Energetik-BGU" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va O'zbekistonda ish boshlaydi

 Quyida bugungi mashg'ulotdan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 


Eshitdik-da! "Energetik-BGU" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va O'zbekistonda ish boshlaydi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia