

Tashkilot prezidentligi uchun bir nomzod bor edi - UEFAning amaldagi rahbari Aleksandr Cheferin. Yevropa tashkilotiga a'zo barcha 55 federatsiya Cheferinga ovoz berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Cheferin yana 4 yil davomida (2023 yilgacha) UEFA prezidenti lavozimida ishlaydi.
Cheferin 2016 yilning 14 sentyabrida UEFA prezidenti sifatida e'lon qilingan edi. Unga 55ta federatsiyaning 42tasi ovoz bergan.



