

“Bugungi qarorlar keng qamrovli maslahat natijasida amalga oshdi, unda biz muxlislar, futbolchilar, murabbiylar, milliy assotsiatsiyalar, klublar va ligalarning fikrlarini tingladik hamda Yevropa futbolining rivojlanishi va muvaffaqiyati uchun eng yaxshi echimni topdik.
UEFA bugun biz sportning asosiy qadriyatlarini hurmat qilish va Yevropa sport modeliga to'liq mos keladigan malakaga asoslangan ochiq raqobatning asosiy tamoyilini himoya qilishga to'laqonli sodiq ekanligimizni namoyon etmoqda.
Ishonchimiz komilki, tanlangan format muvozanatni taminlaydi va u raqobatni yaxshilaydi hamda klublar, ligalar va ommaviy futbol o'rtasida katta daromad keltiradi", - dedi Cheferin.



