UEFA prezidenti: "Superliga – mavjud bo'lmagan loyiha"

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2024
Funkcioner shov-shuvli loyiha amalga oshirilishiga ishonmaydi.

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa Superligasi loyihasi amalga oshirilishiga shubha bildirdi.

"Bu mavjud bo'lmagan loyiha, hech qachon sodir bo'lmaydigan narsa, chunki u hech kimga kerak emas. Na sudlar, na policiya, na armiya odamlarni bunday aqldan ozishga majburlaydi. Superliga tarixi jamiyatimiz tarixi: pulga hamma narsani sotib olish mumkinmi, degan savol o'rtada turibdi.

Ularda hech kim yo'q. Na 50, na 20, na 200 ta klub bor – bularning barchasi kulgili va bizni bezovta qilmaydi. Lekin men shuni takidlayman: biz hech qachon ularga o'z musobaqalarida qatnasha olmasligini aytmaganmiz. Marhamat, o'ynashsin – lekin ular xohlamayapti-ku! 

Ular u erda nimadir yaratish haqida gapirishadi, keyin esa bizning turnirda ishtirok etish uchun birinchi bo'lib ariza berishadi", – dedi funkcioner.

Avvalroq Superliga loyihani yo'lga qo'yishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian