

Ko'pchilik o'quvichlarimizda bitta savol paydo bo'lgan: Bu qanday musobaqa o'zi?
Bu turnir Yevropadagi terma jamoalarning o'rtoqlik uchrashuvlari o'rnini egallaydi va jamoalarga o'ziga daraja bo'yicha teng bo'lgan raqib bilan o'ynash imkonini beradi. Musobaqada Yevropaning barcha 55 jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar JCH-2018dan keyingi reytingiga qarab to'rtta ligaga (A, B, C, D) bo'lingan.
A ligada Yevropaning eng kuchli 12ta jamoasi ishtirok etadi. Keyingi 12ta jamoa B ligada qatnashadi, navbatdagi 15ta jamoasi esa C ligada, qolgan 16tasi D ligada o'ynaydi. Har bir ligada 4tadan guruh bo'ladi.
"A" liga
1-guruh: Germaniya, Fransiya, Gollandiya.
2-guruh: Belgiya, Shveytsariya, Islandiya.
3-guruh: Portugaliya, Italiya, Polsha.
4-guruh: Ispaniya, Angliya, Xorvatiya.
"B" liga
1-guruh: Slovakiya, Ukraina, Chexiya.
2-guruh: Rossiya, Shvetsiya, Turkiya.
3-guruh: Avstriya, Bosniya va Gertsegovina, Shimoliy Irlandiya.
4-guruh: Uels, Irlandiya, Daniya.
"C" liga
1-guruh: Shotlandiya, Albaniya, Isroil.
2-guruh: Vengriya, Gretsiya, Finlyandiya, Estoniya.
3-guruh: Sloveniya, Norvegiya, Bolgariya, Kipr.
4-guruh: Ruminiya, Serbiya, Chernogoriya, Litva.
"D" liga
1-guruh: Gruziya, Latviya, Qozog'iston, Andorra.
2-guruh: Belarus, Lyuksemburg, Moldova, San-Marino.
3-guruh: Ozarbayjon, Faror orollari, Malta, Kosovo.
4-guruh: Makedoniya, Armaniston, Lixtenshteyn, Gibraltar.
O'yinlar 2018 yilning sentyabr-noyabr oylarida uyda va mehmonda bo'lib o'tadi (har bir terma jamoa guruh sig'imiga ko'ra 4 yoki 6ta o'yin o'tkazadi).
A ligasidagi to'rt guruh g'oliblari 2019 yilning iyun oyida bo'lib o'tadigan final bosqichiga chiqishadi. Mezbonlarni UEFA 2018 yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. Final bosqichida yarim final bahslarida g'olib bo'lgan ikki jamoa finalda o'ynaydi. Mag'lublar 3-o'rin uchun bahsda ishtirok etishadi. UEFA Millatlar ligasi birinchi g'olibi 2019 yilning 9 iyun kuni ma'lum bo'ladi. B, C va D guruhi g'oliblari yuqori ligaga ko'tarish uchun uchrashuvlar o'tkazishadi. A, B va C liga guruhlarida so'nggi o'rinni egallagan jamoalar bitta past ligaga tushishadi.
UEFA Millatlar ligasi o'yinlari qachon bo'lib o'tadi?
1-tur: 6-8 sentyabr 2018 yil
2-tur: 9-11 sentyabr 2018 yil
3-tur: 11-13 oktyabr 2018 yil
4-tur: 14-16 oktyabr 2018 yil
5-tur: 15-17 noyabr 2018 yil
6-tur: 18-20 noyabr 2018 yil
UEFA Millatlar ligasining sentyabr oyidagi o'yinlari ro'yxati
"A" liga
6 sentyabr
Germaniya - Fransiya
7 sentyabr
Italiya - Polsha
8 sentyabr
Shveytsariya - Islandiya
Angliya - Ispaniya
9 sentyabr
Fransiya - Gollandiya
10 sentyabr
Porutgaliya - Italiya
11 sentyabr
Islandiya - Belgiya
Ispaniya - Xorvatiya
"B" liga
6 sentyabr
Chexiya - Ukraina
Uels - Irlandiya
7 sentyabr
Turkiya - Rossiya
8 sentyabr
Shimoliy Irlandiya - Bosniya va Gertsegovina
9 sentyabr
Ukraina - Slovakiya
Daniya - Uels
10 sentyabr
Shvetsiya - Turkiya
11 sentyabr
Bosniya va Gertsegovina - Avstriya
"C" liga
6 sentyabr
Sloveniya - Bolgariya
Norvegiya - Kipr
7 sentyabr
Litva - Serbiya
Ruminiya - Chernogoriya
Albaniya - Isroil
8 sentyabr
Finlandiya - Vengriya
Estoniya - Gretsiya
10 sentyabr
Shotlandiya - Albaniya
"D" liga
6 sentyabr
Qozog'iston - Gruziya
Latviya - Andorra
Armaniston - Lixtenshteyn
Gibraltar - Makedoniya
7 sentyabr
Ozarbayjon - Kosovo
Farer orollari - Malta
8 sentyabr
Belarus - San-Marino
Lyuksemburg - Moldova



