UEFA Millatlar ligasi. Finalni boshqaradigan hakam e'lon qilindi

7 iyun 2019, 20:10
UEFA Portugaliya va Gollandiya o'rtasidagi final uchrashuvini boshqarib boradigan hakam nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra Alberto Undiano Malenko Millatlar ligasi hal qiluvchi o'yinini boshqaradi. Bu bahs ispaniyalik referi uchun hakamlik faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi. 

45 yoshli hakam FIFA referilar ro'yxatiga 2004 yilda kiritilgan. U shu paytga qadar 348 o'yinni boshqardi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com