UEFA mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi

Alisher
23 sen 2020, 16:14
UEFA 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun da'vogarlarni e'lon qildi.

Mukofot uchun Xans-Diter Flik ("Bavariya"), Yurgen Klopp ("Liverpul") va Yulian Nagelsmann ("RB Leyptsig") da'vogarlik qilmoqda..

"Bavariya" Flik qo'l ostida o'tgan mavsum trebl qayd edi, jumladan chempionat va Germaniya Kubogi, shuningdek Chempionlar Ligasini qo'lga kiritdi.

"Liverpul" esa 2019/20 yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi, shuningdek Yevropa Superkubogiga ega chiqdi.

"Leyptsig" esa Nagelsmann boshchiligida klub tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com