

Ma'lumotlarga ko'ra, UEFA Madrid sudining qaroriga e'tibor qaratmayapti, chunki tashkilot Yevropa Ittifoqi sudi ularning tarafida bo'lishiga ishonadi.
"Superliga g'oyasi o'lik ahvolda. Muxlislar uni o'ldirishdi va u qayta tirilmaydi", – deydi manbalardan biri.
Avvalroq Madrid sudi UEFA Superliga asoschilari bo'lgan klublarga nisbatan qo'llangan sankciyalarni ochiqchasiga bekor qilishi kerakligi haqida qaror chiqargandi.



