Seshanba kuni Ronaldu Madridga qaytadi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2019
"Real"ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu va jamoaning yoshlar tarkibi bosh murabbiyi Xabi Alonso 22 yanvar kuni Madrid sudi oldida javob beradi.

Ular soliqdan bo'yin tovlaganlikda ayblanishmoqda.

Oldinroq Ronaldu 18,8 million evroni ikki yil ichida to'lab berishga rozi bo'lgandi. Endi buni sudda ham tushuntirib beradi.

Undan tashqari Ispaniya moliya vazirligi portugaliyalikning yana shunday qonunbuzarligi aniqlansa, ikki yil shartli qamoq jazosi tayinlanishini ham ma'lum qiladi.

Alonso esa 5 yilga qamalishi mumkin. Sobiq futbolchi 3 marta qonunbuzarlik qilgan va shu boisdan qo'shimcha 4 million evro jarima to'lashi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS