UEFA finallarga hakamlarni tayinladi

Aslanov Jasurbek
7 may 2018, 15:08
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va ayollar o'rtasida Chempionlar ligasi finallarini boshqaradigan hakamlarni e'lon qildi.

Shunday qilib, evrokuboklarning joriy mavsumdagi so'nggi uchrashuvlarini quyidagi hakamlar boshqaradi.

Chempionlar ligasi. FINAL (Kiev)

"Real" - "Liverpul"

Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya).

Laynsmenlar: Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich.

Darvoza ortidagi referilar: Nenad Jokich va Danilo Gruich.

To'rtinchi hakam: Kleman Tyurpen.

Zaxiradagi arbitr: Nemanya Petrovich.



Yevropa ligasi. FINAL (Lion)

"Marsel" - "Atletiko"

Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya).

Laynsmenlar: Sander van Rukel va Ervin Zeynstra.

Darvoza ortidagi referilar: Danni Makkeli va Paulus van Bukel.

To'rtinchi hakam: Shimon Marchinyak.

Zaxiradagi arbitr: Mario Diks.



Ayollar o'rtasida Chempionlar ligasi (Kiev)

"Volfsburg" - "Lion"

Bosh hakam: Yana Adamkova (Chexiya).

Laynsmenlar: Shian Messi va Sanya Rojak-Karshich.

To'rtinchi hakam: Ekaterina Monzul.

Zaxiradagi arbitr: Marina Streleckaya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA