UEFA YCHL va Yevropa ligasidan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaga nom tanladi

11 sen 2019, 21:19
UEFAning uchinchi o'rinda turuvchi musobaqasi Konferenciya ligasi deb nomlandi.

Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, birinchi turnir 2021/2022 yilgi mavsumda o'tkaziladi. Musobaqa formati Chempionlar ligasidek tuziladi - 32 jamoa, 8 guruh. Guruhning birinchi o'rin egalari 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olishsa, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Yevropa ligasi guruh bosqichida 3-pog'onani band etgan klublar bilan  nimchorak final yo'llanmasi uchun bellashishadi. Konferenciya ligasi g'olibi esa keyingi mavsum Yevropa ligasida qatnashish huquqini ko'lga kiritadi. 


Eslatib o'tamiz, YCHLning amaldagi chempioni "Liverpul", "Chelsi" klubi esa EL g'olibi hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de