

Seshanba va chorshanba kungi o'yinlar ikki qismga ajratiladi. Birinchisi Yevropa vaqti bilan 19.00da (23.00 Toshkent), ikkinchi qism Yevropa vaqti bilan 21.00da (01.00 Toshkent).
Eslatib o'tamiz, oldinroq 2018/19 yilgi mavsumdan Yevropa chempionlar ligasida bir qator o'zgarishlar bo'lishi haqida xabar chiqqandi. Ulardan biri Top-4 chempionat klublariga guruh bosqichida 4tadan joy kafolatlash edi.



