

Bundan avval klub uy stadioniga qaytishi haqida ma'lum qilgan edi. Kataloniya klubi 2,5 yildan keyingi birinchi o'yinni 22 noyabr kuni LaLiga doirasida "Atletik"ga qarshi o'tkazadi. Endi esa "Barsa" Chempionlar ligasi doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi o'yin ham "Kamp Nou"da bo'lishini e'lon qildi.
"Barselona" bergan ma'lumotga ko'ra, 9 dekabr seshanba kuniga belgilangan Chempionlar ligasiining umumiy hisobda oltinchi o'yini "Ayntraxt" ga qarshi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
Qaror UEFA tomonidan klubning so'rovi maqullanganidan keyin kuchga kirdi, chunki barcha zarur talablar bajarilgan.



