"Udineze" futbolchisi "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Alisher
21 iyul 2022, 15:17
"Udineze" himoyachisi Nauel Molina "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Atletiko" va "Udineze" o'rtasidagi muzokaralar bir necha kun oldin boshlangan edi va Molina Madrid klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Molina o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

Oldinroq, futbolchi "Yuventus" qiziqishlari doirasida borligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com