

Ushbu xabarga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasiga uch va undan ortiq futbolchilarning chaqirilishi munosabati bilan 25-26 avgust kunlarida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan quyidagi o'yinlar noma'lum muddatga qoldirildi:
Paxtakor (Toshkent) – Mashal (Muborak);
So'g'diyona (Jizzax) – Nasaf (Qarshi);
Olmaliq (Olmaliq) – Lokomotiv (Toshkent)
Bundan kelib chiqadiki mana uchrashuvlarda ishtirok etishi kerak bo'lgan klublardan kamida uch nafardan futbolchi terma jamoaga chaqiruv olgan. Demak O'zbekiston terma jamoasining tarkibi ma'lum.
Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi ham, 25 avgust kuni Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi ham bizga qarshi tarkiblarni e'lon qilib bo'lishdi.
PFL saytida oliy liganing uchta uchrashuvi qachon bo'lib o'tishi haqida ma'lumot keyinroq beriladi deb aniq qilib yozib qo'yilgan. Endi faqat bitta savol qoladi, terma jamoa tarkibi qachon e'lon qilinadi? Xalq shuni kutmoqda...
Narzulla Saydullaev



