Uch klub "Lacio"ning eng yaxshi assistenti uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
24 noya 2020, 17:38
"Inter", "Yuventus", "Everton" "Lacio" yarim himoyachisi Luis Alberto bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Futbolchi bir necha hafta oldin ommaviy tarzda klub transfer siyosatini tanqid qildi, o'shandan beri tomonlarning munosabatlari yaxshilanmadi.

Rimliklar uni transferga qo'yishsa, "Inter", "Yuventus" va "Everton" 28 yoshli xavbek uchun kurashga qo'shilishga tayyor.

Alberto joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsum 16ta assist bilan klubning eng yaxshi assistenti bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport