

Uning xizmatlariga uch top-klubdan qiziqishlar bo'lmoqda. "Todofichajes" xabariga ko'ra, "Yuventus", PSJ va "Roma" kabi klublar yangi mavsumda posboni o'z tarkibida ko'rishni istamoqda.
Yozda ispaniyalik kiper erkin agentga aylanadi. 32 yoshli de Xea MYUda ayni damda "Roma"ni boshqarayotgan Joze Mourinyu bilan ishlagan. U 2011 yildan buyon mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.



