Uassini Girio: "Hisob 0:2 payti gol urdik, keyin nimalar bo'lganini bilmayman"

Оқил Абдубарноев
7 okt 2024, 18:18
Futzal bo'yicha jahon chempionati 3-o'rin uchun Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (1:7) Fransiya terma jamoasi a'zosi Uassini Girio saytimizga intervyu berdi.

"Ukrainaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Uchrashuvni ko'ngildagidek boshlay olmadik. Yomon o'ynaganimizga qaramay, tanaffusgacha hisob 0:1 edi. Ikkinchi bo'limni juda yaxshi boshladik, ammo o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Keyin gol urdik. Biroq keyin nimalar bo'lganini bilmayman... 

Turnir biz uchun unutilmas bo'ldi. Ilk o'yinimizda g'alaba qozondik. Qolaversa, Paragvayga qarshi bahsda yarim final yo'llanmasiga ega chiqdik. 

To'g'ri, biz bu yerdagi jamoalar bilan avval ham uchrashganmiz, biroq baribir jahon chempionati mutlaqo boshqa darajadagi turnir hisoblanadi", dedi Girio.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi jahon chempionatidagi debyutida to'rtinchi o'rinni egalladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia