

Ertaga, 12 yanvar kuni Doxadagi "Four Seasons" mehmonxonasida "B" va "C" guruhida ishtirok etuvchi jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Dastlab mahalliy vaqt bilan soat 11:30da "C" guruhi jamoalari bosh murabbiylari jurnalistlar savollariga javob berishadi.
12:00dan boshlab (Toshkentda 14:00 bo'ladi) O'zbekiston o'rin olgan "C" guruhi ustozlari matbuot anjumanida qatnashishadi. Unda O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi Samvel Babayan ham qatnashadi.



