

Ushbu musobaqa boshlanishidan oldin unda ishlaydigan hakamlar uchun seminar tashkil etildi. FIFA instruktorlari tomonidan olib borilgan seminar yakuniga ko'ra barcha hakamlar jismoniy testlarni topshirishdi. Imtihonlarda barcha referilar ijobiy baho olishdi va musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Seminar o'tkazganlar orasida hamyurtimiz Farhod Abdullaev ham bor.
Ma'lumot uchun, U23 Osiyo chempionatida o'zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev va FIFA laysmeni Jahongir Saidov ishlashadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu 12 yanvarda boshlanadigan chempionatda Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.




