"U ham 11 futbolchidan biri" - Ramos Salohdan qo'rqmaydi

Mirjalol Normatov
4 may 2018, 11:18
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Salohdan "Real"ning sardori qo'rqmaydi.

"Salohning qanday kuchga ega ekanligini mavsum davomida ko'rdik. Biroq u ham "Liverpul"ning 11 futbolchisidan biri.

Faoliyatim davomida dunyoning eng kuchli hujumchilariga qarshi o'ynaganman. Shu boisdan Saloh birinchisi ham, oxirgisi ham emas. Undan qo'rqmayman", - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sportskeeda.com