U-23 Osiyo Kubogi. Bugun O'zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma'lum bo'ladi

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2022, 07:55
Xabaringiz bor, kecha 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita birinchiligining chorak finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Avstraliya minimal (1:0) hisobda Turkmanistondan ustun kelgan bo'lsa, O'zbekiston U-23 termasi dramatik bahsda Iroqni (2:2, pen – 3:2) taslim etgan holda yarim finalga yo'l oldi.

Timur Kapadze shogirdlariga keyingi bosqichda J.Koreya yoki Yaponiya raqiblik qiladi. "Paxtakor" stadionidagi bahs bugun 18:00 da start oladi.

Shuningdek, bugun chorak finaldan o'rin olgan oxirgi uchrashuv S.Arabistoni hamda Vetnam (21:00) o'rtasida o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia