U-23 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi

Xayrulla Xoliqov
18 okt 2019, 14:00
2020 yil Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Eron U-23 jamoasi musobaqaga tayyorgarlik chog'ida Avstraliya olimpiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. 

Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tgan mazkur bellashuvda eronliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ali Shojayi 5-daqiqadayoq to'p kiritib jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, Aref Agasi 30-daqiqada o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Avstraliya termasi esa 47-daqiqada penaltidan gol urdi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi "C" guruhida Eron, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. U-23 Osiyo chempionati 8-26 yanvar kunlari Tailandda bo'lib o'tadi va yakunda kuchlik uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com