U-23 Osiyo chempionati startiga 22 kun qoldi

Xayrulla Xoliqov
17 dek 2019, 16:43
Yana 22 kundan so'ng Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi.

Mazkur musobaqaning e'tiborli tomoni shundaki, bunda kurash Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadi. 16ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirganlar Tokio Olimpiadasi-2020ga yo'llanma olishadi. 

Agar Yaponiya U-23 terma jamoasi kuchli uchtalikda bo'lsa, unda to'rtinchi jamoaga ham imtiyoz beriladi. Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini o'tash maqsadida Dubayga yo'l oldi. Vakillarimiz u yerdan to'g'ri Bangkok sari parvoz qilishadi. 

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruh o'yinlarini Eron (9 yanvar), Xitoy (12 yanvar) va Janubiy Koreyaga (15 yanvar) qarshi o'tkazadi. 

8 yanvar kuni start oladigan musobaqaning 1-tur o'yinlari quyidagicha: 

"A" guruhi. 1-tur. 8 yanvar

Iroq - Avstraliya

Tailand - Bahrayn


"B" guruhi. 1-tur. 9 yanvar 

Qatar - Suriya

Yaponiya - Saudiya Arabistoni


"C" guruhi. 1-tur. 9 yanvar

O'zbekiston - Eron

Janubiy Koreya - Xitoy 


"D" guruhi. 1-tur. 10 yanvar

Vetnam - BAA

KXDR - Iordaniya


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia