U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi boshlanish vaqti ma'lum

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2018, 12:41
23 yanvar kuni Xitoyda o'tayotgan Osiyo chempionatida yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi.

Biroz oldin yarim final o'yinlari boshlanish vaqti OFK tomonidan ikki xil e'lon qilingani haqida xabar bergandik.

Xitoydagi ishonchli manbalardan olgan ma'lumotimizga ko'ra, O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi 23 yanvar kuni Xitoy vaqti bilan 19:30da, Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Qatar va Vetnam o'rtasidagi bahs esa Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia