U-23 Osiyo chempionati. J.Koreya – Xitoy bahsi taqdirini yagona gol hal etdi

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2020, 20:10
U-23 Osiyo chempionati 1 turi doirasida “C” guruhidan o'rin olgan J.Koreya hamda Xitoy bahsi yakunlandi.

Uchrashuvning 90+3 daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan koreyaliklar forvardi Kim Dong Jun raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga minimal g'alaba (1:0) keltirdi. 

J.Koreya - Xitoy 1:0 (0:0, 1:0)

"Tinsulanon Stadium" 

Gol: Kim Dong Jun 90+3

Oldinroq, mazkur kvartetdan o'rin olgan O'zbekiston hamda Eron olimpiyachilari o'rtasidagi bahsda murosa yo'li (1:1) tanlangandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia