U-23 Osiyo chempionati. Musobaqaning ilk o'yinida durang qayd etildi - Iroq - Avstraliya 1:1

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2020, 17:11
U-23 Osiyo chempionatining birinchi o'yini bo'lib o'tdi.

 

Iroq va Avstraliya o'rtasidagi o'yinning 62-daqiqasida Avstraliya hisobni ochdi. Belgilangan jarima to'pini Reno Piskopo ajoyib tarzda golga aylantirdi - 0:1. 

77-daqiqada Muhammad Qosim Nassif jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyoq bilan chiroyli gol urdi - 1:1.


U-23 Osiyo chempionati
"A" guruhi, 1-tur
Iroq - Avstraliya 1:1 
8 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Tammasat" stadioni.
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Shi Siang va Kao Yi (ikkalasi Xitoy)
To'rtinchi hakam: Xettikankanamge Dilan Perera (Shri-Lanka)
VAR hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR yordamchi hakami: Liu Kvok Man (Gonkong) va Ko Xyung Jin (Janubiy Koreya)

Gollar: Reno Piskopo 62, - 0:1. Muhammad Qosim Nassif 77, - 1:1.

Iroq: 1.Arian Ibrohim, 2.Mustafo Masluxi, 3.Mustafo Al Ezairej, 4.Najim Al Qurayshi, 5.Abdulabbos Albu Darray, 6.Amir Fuad, 7.Murod Subeh, 8.Ali Qosim, 9.Muhammad Qosim Nassif, 10.Muhammad Rizo, 11.Omer Abdulrahmon Assi.

Avstraliya: 1.Tomas Glover, 2.Gabriel Kleur, 3.Aleks Gresbax, 4.Dilan Rayan, 5.Joshua Lavs, 6.Tass Mourdaukoutas, 7.Rami Najjrin, 8.Zakari Dankan, 9.Al Hassan Ture, 10.Denis Genreau, 11.Reno Piskopo.







O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia