U-23 Osiyo chempionati. Bugun Kovalenko o'rniga Tantashev ishlaydi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2020, 13:04
Bugun U-23 Osiyo chempionatining 1-turidan o'rin olgan Qatar - Suriya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kecha OFK mazkur bahsni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishini e'lon qilgan edi. Bugun esa uning o'rnini Ilgiz Tantashev egalladi. Kecha Tantashev VAR hakami sifatida qayd etilgan edi.

Kovalenko aynan nima sababli almashtirilgani bizga ma'lum emas.


U-23 Osiyo chempionati
"B" guruhi, 1-tur
Qatar - Suriya
9 yanvar 2020 yil. Rangsit. "Tammasat" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam
: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko va Timur Gaynullin (ikkisi O'zbekiston)
To'rtinchi hakam: Muhanad Qosim Sarray (Iroq)
VAR hakami: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya)
VAR yordamchi hakamlari: Ko Xyung Jin va Kim Xi Gon (ikkisi Janubiy Koreya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia