U-22 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi. Boshqa guruhlarda ham o'yinlar boshlandi

Xayrulla Xoliqov
20 iyul 2017, 11:58
O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAni 2:0 hisobida mag'lub etib Osiyo chempionati yo'llanmasini hal qilgan bir paytda boshqa guruhlarda endi o'yinlarga start berildi.

Ma'lumki, U-22 Osiyo chempionatiga saralash bosqichida jami 39ta jamoa ishtirok etmoqda. Aslida qirqta bo'lishi kerak edi, lekin Shri-Lanka saralashda qatnashmaydigan bo'ldi. 

Qizig'i, musobaqa mezboni Xitoy ham saralash bahslarida ishtirok etyapti. Har bir guruhdan birinchi o'rinni egallagan va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan beshta jamoa Osiyo chempionatiga yo'l oladi. 

Quyida boshqa guruhlarda qayd etilgan 1-tur natijalarini keltirib o'tamiz. 

"A" guruhi

Qirg'iziston - Eron 1:2

"B" guruhi

Iroq - Afg'oniston 8:0 

Saudiya Arabistoni - Bahrayn 3:1 

"C" guruhi

Suriya - Hindiston 2:0 

Qatar - Turkmaniston 2:0 

"E" guruhi

Iordaniya - Bangladesh 7:0 

Tojikiston - Falastin 2:2 

"F" guruhi 

Avstraliya - Bruney 2:0 

Myanmar - Singapur 2:0 

"G" guruhi 

Laos - Xitoy Taypeyi 3:1 

KXDR - Gonkong 1:1 

"H" guruhi 

Indoneziya - Malayziya 0:3

Tailand - Mo'g'uliston 1:1 

"I" guruhi

J.Koreya - Makau 10:0 

Vetnam - Timor Leste 4:0 

"J" guruhi

Yaponiya - Filippin 8:0 

Xitoy - Kambodja 0:0


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com