​U-21. Yevropa chempionatiga qur'a tashlandi

U-21 Yevropa chempionati ishtirokchilari o'z raqiblari nomini bilib olishdi.​

Ushbu musobaqa 2019 yilning 16-30 iyun sanalarida Italiya mamlakatida bo'lib o'tadi. 12 ta jamoa uch guruhga bo'lingan holda turnirni boshlashadi. O'z guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar yarim finalga yo'l olishadi. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan eng yaxshi ko'rsatkichga ega jamoa ham sovrin uchun kurashni davom ettiradi.


A guruhi 

Italiya
Ispaniya
Polsha
Belgiya

B guruhi

Germaniya
Daniya
Serbiya
Avstriya

S guruhi

Angliya
Fransiya
Ruminiya
Horvatiya


Manba: championat.asia