U-21 birinchiligi. "Paxtakor" "Nasaf" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2019, 22:03
"Paxtakor" U-21 jamoasi 3-turda "Nasaf" bilan golsiz durangga ichzo chekdi.

Uchrashuv mobaynida ustunlik yosh mezbonlar tarafida bo'ldi. Lekin yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda aniqlik yetishmadi. Bazi holatlarda zarba berishda shoshish kuzatildi. Birinchi bo'limda Erkinov va Mahmudhojievning aniq zarbalarini raqib darvozaboni qaytarib qoldi. Yana bir holatda himoyachi to'pni darvoza chizig'idan tepib yuborishga ulgurdi.

Tanaffusdan keyin yaqqol tashabbusga ega bo'lgan "Paxtakor" ko'p hujumlar tashkil etdi, ammo oxirgi zarba yoki uzatmada xatolar kuzatildi. Natijada 0:0 hisobi o'yin yakunigacha o'zgarmay qoldi.

"PAXTAKOR" - "NASAF" 0:0
"Paxtakor":
Suyunov, Mirsaidov, Yo'ldoshev, Shamsiev, Salimov, Erkinov, Mahmudhojiev, Ramazonov, Roziev (Ergashev, 63), Tursunov, Muxtorov.
"Nasaf": Ne'matov (Soyibov, 76), Aliqulov, Shokirov (Mirov, 81), X.Sadullaev (Hasanov, 89), Nuriddinov, Norchaev, To'raev (Turdaliev, 46), Zoirov (Davronov, 46), Nasrullaev, Yusupov, S.Sadullaev.
Ogohlantirishlar: Shamsiev, 37. Mirsaidov, 50. Soyibov, 87.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz