U-20 Osiyo kubogi. Dastlabki chorak final juftliklari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2025, 14:02
Biroz avval U-20 Osiyo kubogi 3-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv yakuniga etdi.

"B" guruhida Saudiya Arabistoni yoshlari KXDR ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Iroq esa Iordaniya bilan muroska ko'chasini tanladi - 0:0. Bu kvartetda Saudiya Arabistoni birinchi o'rin bilan, Iroq ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'llanmaga ega chiqdi.

"B" guruhi
Saudiya Arabistoni - KXDR 2:1
Gollar:
Saad Haqavi 51, Tamer Al Haybari 85 - Xan Jae Yong 28.

Iroq - Iordaniya 0:0




Kecha "A" guruhida Avstraliya mezbon Xitoyni 2:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, Qatar qo'shnilarimiz Qirg'izistonni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Bu guruhda Avstraliya birinchi, Xitoy ikkinchi o'rin bilan chorak finalga chiqqandi.

"A" guruhi
Xitoy - Avstraliya 1:2
Gollar: 
Kuai Jiven 29 - Medin Memeti 23, Lui Agosti 25.

Qirg'iziston - Qatar 0:4
Gollar: 
Tahsin Muhammad 28, Muaz Ibrohim 45+5, Muhammad Xolid 55, Nureldin Ibrohim 83.



Shunday qilib chorak finalning dastlabki ikki juftligi hosil bo'ldi:

Chorak final, 22 fevral
Avstraliya - Iroq
Saudiya Arabistoni - Xitoy

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30dan boshlab O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Eronga qarshi guruh g'olibini aniqlash uchun maydonga tushadi. Bu guruhdan keyingi bosqichga chiqqan ikki jamoa "D" guruhi vakillari bilan to'qnash kelishadi. "D" guruhida 2 ta turdan keyin Janubiy Koreya (6 ochko) peshqadam, Yaponiya (4 ochko) ikkinchi o'rinda, Suriya hisobida 1 ochko bor, Tailandda esa ochko yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia