U-20 JCH. Yaponiya va J.Koreya bahsida kiritilgan yagona gol o'yin masalasini hal etdi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019, 22:55
Polsha yashil maydonlarida davom etayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining biroz oldin yakunlangan bahslaridan keyin, chorak finalga chiqqan yana ikki termaning nomi ma'lum bo'ldi.

Qitadoshlar, yani, Yaponiya hamda J.Koreya o'rtasida kechgan uchrashuvda koreyalik futbolchi Oh Se Xun tomonidan so'nggi daqiqalarda kiritilgan gol, o'yin masalasini hal qildi. Ikkinchi parallel uchrashuvda esa Fransiya vakillari qizg'in kechgan to'qnashuvda 2:3 hisobida AQSHga taslim bo'lib, musobaqa bilan xayrlashishdi. 

Demak, J.Koreyaning chorak finaldagi raqibi Senegal termasi bo'lsa, AQSH vakillari Ekvador bilan to'qnash keladi. 


Yaponiya U-20 – J.Koreya U-20 0:1 (0:0, 0:1)

Arena Lublin o'yingohi.

Gol: 0:1 – 84 Oh Se Xun.

Yaponiya U-20 – Wakahara, Kobayasi, Seko, Sugavara, Nisikava, Sudzuki (Hara, 88), Yamada, Goke (Nakamura, 68), Fujimoto (Xigasi, 88), Miyasiro, Sayto.

J.Koreya U-20 – Li Kvan En, Ho-Jin, Li Chje Ik, Xvan Te Xen, Jun, Kim Chjun Min (Ko Chje Xen, 87), Hyun-Voo, Li Kan In, Ji-Sol (Von-Sang, 46), Chjo En Uk (Chjon Se Chjin, 63), Oh Se Xun. 

Ogohlantirishlar: Fujimoto (22), Li Chje Ik (36).


Fransiya U-20 – SSHA U-20 2:3 (1:1, 1:2)

Zdzislav Kshishkovyak stadioni.

Gollar: 0:1 – 25 Soto, 1:1 – 41 Guiri, 2:1 – 55 Aliui, 2:2 – 74 Soto, 2:3 – 83 Renniks.

Fransiya U-20 – Lafon, Zagadu, Ndika, Bazila, Kyuizans, Kamara, Fofana (Adli, 86), Luaodis (Diallo, 79), Diabi, Aliui (Pintor, 64), Guiri.

AQSH U-20 – Skott, Richards, Gloster, Dest, Servaniya, Keita, Pomikal, Ledezma (Renniks, 63), Vea, Konrad (Llanez, 63), Soto (Makkenzi, 90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia