U-20 JCH. Ilk yarim finalchining nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 iyun 2019, 21:30
Bugun 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi mundialning chorak final bahslariga start berildi.

Ilk to'qnashuvda Kolumbiya vakillari Ukraina bilan uchrashdi. Bahsning ilk daqiqalarida ukrainliklar tomonidan urilgan gol yagona bo'ldi va ular yarim finalga yo'l olgan ilk ishtirokchiga aylandi. Qayd etish joizki, Kolumbiya 86 daqiqada Yohan Carboneroning qo'pl o'ynashi natijasida, uchrashuvni bir kishi kam bo'lib yakunladi. Ukrainaning keyingi bosqichdagi raqibi ayni daqiqlarda davom etayotgan Italiya hamda Mali to'qnashuvidan so'ng aniqlanadi.

Kolumbiya U-20 – Ukraina U-20 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 11 Sikan.

Kolumbiya U-20 – Mer, Kuesta, Sifuentes, Arroyo (Sandoval, 60), Perea (Karbonero, 46), Palma, Sinisterra, Angulo, Alvarado (Kaysedo, 71), Ernandes, Vera.

Ukraina U-20 – Kucheruk, Popov (Safronov, 86), Bondar, Konoplya, Chex, Beskorovaynyy, Drishlyuk, Kornienko, Buleca, Sikan (Supryaga, 61), Kashhuk (Citaishvili, 46).

Ogohlantirishlar: Kashhuk (24), Sifuentes (27), Palma (35), Arroyo (38), Angulo (45), Citaishvili (78), Beskorovaynyy (88).

Chetlatish: Karbonero (86).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia