

Ayni paytda Germaniyada yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionati bo'lib o'tmoqda.
Unda yarim finalga chiqqan to'rt jamoa Portugaliya, Italiya, Angliya va Fransiya kelgusi yildagi mundialga yo'llanmaga ega bo'ldi. Yana bir yo'llanma taqdiri Germaniya va Gollandiya o'rtasidagi pley-off uchrashuvi orqali hal bo'ladi.
13-30 oktyabr kuni Bahrayndagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreyadagi mundial 20 may - 11 iyun oralig'ida bo'lib o'tadi.



