U-20 jahon chempionati. Bugun Janubiy Koreya o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
8 iyun 2019, 16:15
Polshada bo'lib o'tayotgan U-20 jahon chempionatida bugun chorak final uchrashuvlari o'z yakuniga etadi

Kecha bo'lib o'tgan ikkita o'yindan so'ng musobaqaning dastlabki ikki yarim finalchisi ma'lum bo'ldi. Italiya va Ukraina yoshlar terma jamoalari o'z raqiblarini mag'lub etib, 1/2 finalga yo'l olishdi.


Bugun bo'lib o'tadigan yana ikkita o'yindan keyin navbatdagi ikki yarim finalchi ham aniq bo'ladi. Bugun AQSH Ekvador bilan kuch sinashsa, kichik jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirayotgan Osiyoning yagona vakili Janubiy Koreya Senegalga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia