U-19 Osiyo chempionati. Qatar va Yaponiya yarim finalda

Xayrulla Xoliqov
28 okt 2018
Indoneziyada bo'lib o'tayotgan U-19 Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv o'tkazildi.

Qatar - Tailand bahsi gollarga boy bo'ldi. Bunda qatarliklar 7:3 hisobida zafar quchishdi. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida tugadi. Shundan so'ng navbat qo'shimcha bo'limlarga yetib keldi. Qo'shimcha taymlarda Qatar yoshlar termasi a'zolari raqib darvozasiga 4ta gol urishning uddasidan chiqishdi. Natijada Qatar 7:3 hisobida g'alabaga erishdi.

Chorak finalning ikkinchi o'yinida Yaponiya musobaqa mezbonlari Indoneziyani 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Shunday qilib Qatar va Yaponiya yarim finalning ilk ishtirokchilariga aylandi. Ertaga chorak finaldan o'rin olgan yana ikkita bahs bo'lib o'tadi.

U-19 Osiyo chempionati. Chorak final
28 oktyabr
Qatar - Tailand 7:3
Yaponiya - Indoneziya 2:0

29 oktyabr
Janubiy Koreya - Tojikiston
Saudiya Arabistoni - Avstraliya


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com