U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston sharafini musobaqada kimlar himoya qiladi?

Narzulla Saydullayev
13 okt 2016, 12:59
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Bahrayndagi U-19 Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

1997 yildan keyin tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichida O'zbekiston Avstraliya, Xitoy va Tojikiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Dastlabki o'yin 15 oktyabr kuni Tojikistonga qarshi bo'lib o'tadi. 18 oktyabrda Avstraliya, nihoyat 21 oktyabr sanasida Xitoy bilan o'yin o'tkaziladi.


O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi:

Darvozabonlar


Hamroev Umidjon (“Paxtakor”), Raimov Shohruxjon (“Paxtakor”), Ergashev Umidjon (“Nasaf”)

Himoyachilar

G'ofurov Husniddin  (“Neftchi”), Avilov Hushnudbek (“Paxtakor”), Qobilov Islomjon (“Metallurg”), Rustamov Oybek ("Qo'qon-1912”),  Suyunov Aziz (“Olmaliq”)

Yarim himoyachilar

Mahmudhojiev Shohrux ("Paxtakor”), Muhiddinov Sharof (“Nasaf”), Qodirqulov Sanjar (“Bunyodkor”), G'aniev Aziz (“Nasaf”), Nurulloev Suhrob (ROZK), Davlatjonov Saidjamol (“Dinamo”) Ibragimov Doston (“Dinamo”), Alijonov Hojiakbar (“Paxtakor”), Yusupov Jamshid (“Paxtakor”), To'xtasinov Nurillo (“Bunyodkor”)

Hujumchilar

G'anijonov Behzod (“Qizilqum”), Yaxshiboev Jasurbek (“Paxtakor”), Esonqulov Javohir (“Metallurg”), Abduholiqov Bobur (“Nasaf”)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia