U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston guruhdagi barcha o'yinlarda oq rangli liboslarda maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016, 08:52
Bugun Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"O'zbekiston U-19 terma jamoasi guruh bosqichidagi hamma o'yinlarda oq liboslarda maydonga tushadi", - deb yozadi O'FFning tvittyerdagi rasmiy sahifasi.

Bugungi bahsda Tojikiston futbolchilari qizil rangli liboslarda o'ynashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia