U-19 Osiyo chempionati. Indoneziya 40 yildan so'ng chorak finalda

Xayrulla Xoliqov
25 okt 2018, 11:24
Indoneziyada bo'lib o'tayotgan U-19 Osiyo chempionatida sensaciya ro'y berdi.

Musobaqa mezbonlari guruh bosqichining 3-turida favorit jamoalardan biri BAAni 1:0 hisobida mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l olishdi. Aytish mumikinki, Indoneziya yoshlar termasi 53-daqiqadan boshlab bir kishi kam qolib BAAni mag'lub eta olishdi. Bu jamoa oradan 40 yil o'tib yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finaliga chiqdi.

Guruhda birinchi o'rinni egallash Qatarga nasib etdi. Qatarliklar oxirgi turda Xitoy Taypeyidan 4:0 hisobida ustun kelishdi. Bugun "V" va "S" guruhlarida 3-tur bellashuvlari o'tkaziladi.

U-19 Osiyo chempionati. 3-tur bahslari

"A" guruhi. 24 oktyabr
Indoneziya - BAA 1:0
Qatar - Xitoy Taypeyi 4:0



"V" guruhi. 25 oktyabr
Yaponiya - Iroq
Tailand - KXDR


"S" guruhi. 25 oktyabr
Vetnam - Janubiy Koreya
Avstraliya - Iordaniya


"D" guruhi. 26 oktyabr
Saudiya Arabistoni - Tojikiston
Xitoy - Malayziya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com