

Musobaqaning saralash bahslari 11ta guruhda o'tkazilishi va saralash guruhlaridan biriga O'zbekiston mezbonlik qilishi haqida 23-aprel sanasida xabar bergan edik.

Bugun Osiyo futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida ana shu musobaqaning saralash bellashuvlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qur'a natijalariga ko'ra O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi. Kvartetda bizga Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston o'smirlari raqiblik qilishadi. Qita birinchiligi saralashida Azamat Abduraimov boshchiligidagi terma jamoamizga omad tilab qolamiz.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Singapurda bo'lib o'tadi.



