U-16 OCH saralashi: Yaman (U-16) - Falastin (U-16) - 3:1

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013, 22:18
Toshkentda o'smirlar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati V saralash guruhi o'yinlari boshlandi.
25 sentyabr kuni o'smirlar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati V saralash guruhi 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining ikki raqibi – Yaman va Falastin o'smirlari o'zaro maydonga tushishdi.

Qiziqarli kechgan o'yin 3:1 hisobida yamanlik o'smirlar foydasiga hal bo'ldi. Falastin o'smirlar terma jamoasi birinchi bo'limda penaltidan foydalana olmadi, bundan avvalroq esa Yaman hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. E'tiborli tomoni, Falastinning amalga oshirilmagan penaltisidan ko'p o'tmay, Yaman o'smirlar terma jamoasi vakili ikkinchi sariq kartochkadan so'ng maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo'limda, maydonda kamchilik bilan o'ynaganiga qaramay, yamanlik o'smirlar ikki marotaba Falastin o'smirlari darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. O'yin yakuniga Falastin o'smirlar terma jamoasi birgina javob to'pini kirita olishdi. O'yin shu tariqa 3:1 hisobida Yaman o'smirlar terma jamoasi foydasiga hal bo'ldi.

V saralash guruhidagi navbatdagi o'yin 27 sentyabr kuni o'tkaziladi. Jar stadionida 16:00da boshlanadigan o'yinda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Falastinga qarshi maydonga tushadi.

U-16 Osiyo chempionati-2014 saralash
V saralash guruhi, 1-tur uchrashuvi
25 sentyabr, chorshanba
YAMAN – FALASTIN 3:1 (1:0)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com