

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi 4-turida Iordaniya o'smirlar terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
U-16 OCH saralash bosqichi
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
22 sentyabr, chorshanba
O'zbekiston – Iordaniya 0:0
O'zbekiston:Mo'minmirzo Qodirov, Xurshid Ubaydullaev, Jasur Abdulbekov, Doniyor Sobirov, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziev, Javohir Abdualimov, Boburmirzo Ergashev, Temur Mamasiddiqov, Bobur Sobirov.
Turning ikkinchi uchrashuvida turnir mezboni Saudiya Arabistoni terma jamoasi Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi guruh bosqichi so'nggi tur uchrashuvida saralash turniri mezboni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Turnir jadvali
# | Jamoa | O' | G' | D | M | TN | O |
| 1. | Iordaniya | 3 | 2 | 1 | 0 | 9-1 | 7 |
2. | O'zbekiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 7-0 | 7 |
3. | Saudiya Arabistoni | 2 | 1 | 0 | 1 | 4-2 | 3 |
4. | Bahrayn | 4 | 1 | 0 | 1 | 6-4 | 3 |
5. | Shri-Lanka | 3 | 0 | 0 | 3 | 0-19 | 0 |
24 sentyabr, yakshanba
Bahrayn – Iordaniya 18:00
O'ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni (Toshkent vaqti bilan soat 22:15)
Ma'lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a'zo jami 45 mamlakatning o'smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo'lingan holda ishtirok etmoqda. Guruhda birinchi o'rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o'rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo'shilgan holda Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati 2018 yilning 20 sentyabr – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.



